USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Тошкент

Germaniyada teraktning oldi olindi

Дата публикации: 18 12 2017

Germaniyaning Shtutgart shahrida sumkasida bomba borligi haqida xabar bergan erkak qo'lga olindi.


Bu haqda ” Korrespondent.net” nashri ma`lum qildi.

Sumkada bomba bor deya xabar tarqatgan 53 yoshli erkak xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan zudlik bilan qo'lga olingan. U politsiya xodimlariga topshirilgan. Voqea joyiga etib kelgan sapyorlar uning sumkasini ochishganda u erda hech qanday bomba mavjud emasligi va bu yolg'on xabar ekanligi aniqlangan.

Hozirda politsiya noma`lum erkakni ruhiy kasalxonaga tekshirish uchun yuborgan va voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib bormoqda.

Eslatib o'tamiz, 17 dekabrь kuni Gamburg shahrining markaziy temir yo'l bekatida portlash ro'y bergan edi.

Количество просмотров

331

Янгиликлар лентаси