USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Тошкент

Chempionlar Toshkentga kelishdi

Дата публикации: 18 12 2017

Futbol bo'yicha O'zbekiston U-23 terma jamoasi Taylandda o'tgan Xalqaro musobaqa finalida Yaponiya terma jamoasini mag'lubiyatga uchratib, chempionlikni qo'lga kiritdi.


17 dekabrь kuni terma jamoamiz vakillari tong saharda yurtimizga qaytib kelishdi. Chempionlarni Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroportida O'FF mas`ullari, futbolchilarning yaqinlari, muxlislar va OAV xodimlari tantanali ravishda kutib olishdi.

Bu haqda”Sport.uz” nashri habar bermoqda.

O'FF vitse-prezidenti Shoakrom Isroilov vakillarimiz qo'lga kiritgan bu natija katta g'alabalarning boshlanishi ekanini, mazkur futbolchilar kelgusida milliy terma jamoamiz tarkibida ham shunday yutuqlarga erishib, xalqimizni xursand qilib yurishi uchun birgalikda harakat qilish zarurligini ta`kidladi.

Vakilarimizdan Zabihillo O'rinboev — M-150 Cup finalining eng yaxshi o'yinchisi, Javohir Sidiqov — Tailanddagi xalqaro turnirning eng yaxshi o'yinchisi deb topildi.

Yoshlar terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov xalqaro musobaqa haqida quyidagi fikrlarni bildirib o'tdi:

“Bu musobaqa yanvarda boshlanadigan Osiyo chempionati oldidan biz uchun tayyorgarlik vazifasini bajarib berdi. Musobaqa davomida futbolchilarning holatini ko'zdan kechirib, turli taktikalarni sinovdan o'tkazdik. Asosiy maqsadimiz yanvarda Xitoyda bo'ladigan Osiyo chempionatida munosib ishtirok etish. Tarkibimizdagi ko'plab yoshlar katta salohiyatga ega. Ularning darajasini yanada oshirib, milliy terma jamoaga munosib nomzodlarni tayyorlash uchun qo'limizdan kelgancha harakat qilamiz”.

Количество просмотров

318

Янгиликлар лентаси