USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Тошкент

Ravshan Ermatov to'rtinchi bor klublar o'rtasidagi Jahon Chempionatining finalida ishlaydigan bo'ldi

Дата публикации: 15 12 2017

O'zbekistonlik FIFA referisi Ravshan Ermatov Amirliklarda davom etayotgan klublar o'rtasidagi Jahon Chempionatining finalida ishlaydi.


Bu haqda “Championat asia” nashri  xabar bermoqda.

Bunda Ermatovga zaxira hakami maqomi beriladi. Braziliyaning “Gremio” hamda Ispaniyaning “Real” klublari o'rtasidagi final bellashuvida bosh hakamlik vazifasini meksikalik Tsezarь Ramos bajaradi. O'zbekistonlik laynsmen Jahongir Saidov esa videotakrorlar bo'yicha uch assitsentdan biri sifatida ishlaydi.

Ermatov faoliyati davomida to'rtinchi bor klublar mundialining finalida ishtirok etishga erishmoqda. U 2008 yil “Manchester Yunayted” (Angliya) — “LDU Kito” (Ekvador) o'yinida bosh hakam bo'lgandi. 2009 yil esa “Estudiantes” (Argentina) — “Barselona” (Ispaniya) o'yinida to'rtinchi hakam bo'ldi. 2011 yilga kelib FIFA unga “Santos” (Braziliya) — “Barselona” (Ispaniya) o'yinlarini ishonib topshirdi. Va mana, 2017 yilga kelib o'zbekistonlik referi yana bir bor zaxira hakami sifatida final o'yinida paydo bo'lmoqda.

Qayd etib o'tamiz, “Real Madrid” va “Gremio” o'rtasidagi final o'yini 16 dekabrь kuni Abu-Dabidagi "Zayed Sports City" stadionida, Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi va UzReport telekanalida jonli efirda namoyish etiladi.

Количество просмотров

477

Янгиликлар лентаси