USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Тошкент

Paralimpiyachilarimizning navbatdagi g'alabasi

Дата публикации: 15 12 2017

Birlashgan Arab Amirligining Dubay shahrida bo'lib o'tgan yoshlar o'rtasidagi Para-Osiyo o'yinlarida O'zbekiston milliy paralimpiya terma jamoasi 20 ta oltin, 6 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo'lga kiritdi.


Bu haqda O'zbekiston Milliy axborot agentligi xabar berdi.

Yoshlar o'rtasida o'tgan navbatdagi Para-Osiyo o'yinlarida qit`amizning 30 mamlakatidan kelgan 800 nafar sportchi o'zaro bahslashdi.

O'zbekiston Milliy paralimpiya terma jamoasi a`zolari Akbar Yangiboev, Muhammad Abduraimov, Fotima Omilova turli masofalarga suzish bo'yicha bahslarda beshta oltin va bitta kumush medalni qo'lga kiritdi.

Musobaqada pauerlifting bo'yicha bellashgan Shahzoda Mamadalieva o'z vazn toifasida shohsupaning eng yuqori pog'onasidan joy olgan bo'lsa, Nuriddin Mengziyoev kumush, Muhammadjon Xo'jaxonov va Abbosxon Rahimjonov bronza medalь bilan taqdirlandi.

Engil atletikaning yadro, disk, nayza uloqtirish, turli masofalarga yugurish va uzunlikka sakrash bahslarida Boburjon Omonov, Muhammad Rixsimov, Yorqinbek Odilov, Damir Pashaev, Roziyaxon Ergasheva, Sabina Suxanova, Asila Mirzayorova 14 ta oltin va 4 ta kumush medalni terma jamoamiz hisobiga qo'shib qo'ydi.
Paralimpiyachilarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Количество просмотров

354

Янгиликлар лентаси