USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Тошкент

Endi quyosh tizimi 8 ta sayyoraga ega yagona tizim emas

Дата публикации: 15 12 2017

Kepler-90 yulduzi tizimida yangi sakkizinchi sayyora aniqlandi. Yangi Kepler-90i sayyorasi Erdan 2,5 ming yorug'lik yili uzoqligidagi Ajdarho yulduzlar turkumida joylashgan Kepler-90 yulduzi tizimida aniqlangan. Sayyora Google yaratgan, avval Kepler teleskopi tomonidan olingan ma`lumotlarning kompyuter tahlili usulidan topilgan.


“Kepler-90i sayyorasi Kepler-90 tizimining 8-sayyorasi hisoblanadi. Bu tizim Quyosh tizimidan keyin 8 ta sayyoraga ega fanga ma`lum ilk tizim bo'ldi”, degan 14 dekabrdagi brifingda Google’ning sun`iy ong bo'yicha mutaxassisi Kristofer Shalyu.

Texas universiteti astronomi Endryu Vanderbergning ma`lum qilishicha, yangi sayyora qaynoq (427 gradus haroratga ega) va toshloq sayyora bo'lib, uning o'z yulduzi atrofida aylanish davri 14,4 kunga teng.

Olim Kepler-90 tizimi yana sayyoralarga ega bo'lishi va Quyosh bilan birga bunday ko'p sayyoralarga ega yagona tizimlar bo'lmasligi mumkinligini aytgan.

Yangi sayyora avval astronomlar ko'ra olmagan ekzosayyoralarni aniqlashga imkon beruvchi mashinaviy o'rganish usuli evaziga ochildi. NASA ma`lumotlariga ko'ra, hozirda 3,5 mingdan ko'proq ekzosayyora ma`lum bo'lib, ularning 2,5 mingdan ko'prog'i aynan Kepler teleskopi yordamida ochilgan.

Ushbu Kepler teleskopi 2009-yilda koinotga uchirilgan bo'lib, uning asosiy vazifasi ekzosayyoralarni aniqlash hisoblangan, deyiladi «Kun.uz» sayti  xabarida.

Количество просмотров

363

Янгиликлар лентаси