USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Тошкент

Atlantika okeanida 500 yillik akula topildi

Дата публикации: 14 12 2017

Atlantika okeanining shimoliy qismida olimlar yoshi 1505 yilda tug'ilgan va yoshi 500ga  borib taqaluvchi akulani topishdi.


Bu haqda "Vesti.ru" internet sayti  xabar beradi.

Olimlarning fikricha, ushbu noyob topilma umurtqali jonzotlar orasida uzoq yashash bo'yicha absolyut rekord o'rnatgan. Grenlandiya akulasi hisoblangan rekordchining bo'yi 5,4 metr bo'lib, radiouglerod tahliliga binoan uning yoshi 272dan 512gacha yilni tashkil etadi.

Sun nashrining yozishicha, bu turdagi akulalar yiliga o'rtacha 1  santimetr o'sadi va umurtqalilar orasida eng uzoq -  o'rta hisobda 272 yil yashaydigan jonzotdir. Grenlandiya akulalari odatda boshqa baliqlar bilan oziqlanadi. Ularning oshqozonidan kiyik va otlarning ham go'shti topilgan. Islandiyada ularning go'shti eng shirin taom hisoblanadi.

Количество просмотров

458

Янгиликлар лентаси