USD = 8163.93 SUM   EUR = 9978.77 SUM
Тошкент

Kollej talabasini o'qishga tiklash jarayoni qanday amalga oshiriladi?

Дата публикации: 12 12 2017

Ushbu jarayon Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 29-dekabrdagi 367-son qarori bilan tasdiqlangan O'zbekiston Respublikasi o'rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasalari o'quvchilari o'qishini ko'chirish, qayta tiklash va o'qishdan chetlashtirish tartibi to'g'risida nizomga asosan amalga oshiriladi.


Nizomda o'quvchilarning o'qishini bir o'rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasasidan boshqasiga ko'chirish, shuningdek, ilgari o'qishdan chetlashtirilgan o'quvchilarni o'qishga qayta tiklash, qoidaga ko'ra, yozgi ta`til davrida, tegishli kurs (semestr)da o'quv mashg'ulotlari boshlanishiga qadar amalga oshirilishi belgilangan.

O'qishni ko'chirish yoki qayta tiklash jarayoni bepul amalga oshiriladi.

O'quvchilarni o'qishga qayta tiklash uchun o'quvchi voyaga etmagan bo'lsa uning ota-onasidan biri (yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar) chetlashtirish sabablarini ko'rsatgan holda o'rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasasi direktori nomiga ariza berishi kerak.

O'quvchining, o'quvchi voyaga etmagan bo'lsa uning ota-onasidan birining (yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslarning) o'quvchini o'qishga qayta tiklash haqidagi arizasi 15 kun muddatda ko'rib chiqiladi.

O'quvchini boshqa o'rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasasiga o'qishga qayta tiklashda u oldin o'qigan o'rta maxsus, kasb-hunar ta`limi muassasasining roziligi talab etilmaydi.

O'quvchi oldin o'qigan tayyorlov yo'nalishi to'xtatilgan bo'lsa, uning xohishiga ko'ra turdosh tayyorlov yo'nalishiga o'qishni tiklash mumkin, deyiladi Adliya vazirligining telegram messenjeridagi «Huquqiy axborot» kanalida.

Количество просмотров

253

Янгиликлар лентаси