USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Тошкент

O'qituvchilar uchun qay tartibda qo'shimcha haq to'lanadi?

Дата публикации: 12 12 2017

Bu savolga Adliya vazirligining telegram messenjeridagi «Huquqiy axborot» kanali orqali javob berilgan.


Ya`ni, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 21-dekabrdagi 275-son qaroriga asosan o'qituvchilarga haq to'lash amalga oshiriladi.

Unga ko'ra, xalq ta`limi muassasalarining pedagog va rahbar xodimlari mehnatiga haq to'lashning bazaviy tarif stavkalari, xalq ta`limi xodimlari mehnatiga haq to'lash to'g'risidagi nizom, umumta`lim muassasalarining o'rnak ko'rsatgan xodimlarini rag'batlantirishning direktor jamg'armasi to'g'risidagi nizom tasdiqlangan.

Ushbu qarorga asosan umumta`lim muassasalari o'qituvchilariga qo'shimcha haq to'lovlari eng kam oylik ish haqiga nisbatan foiz hisobida quyidagi miqdorlarda amalga oshiriladi:

a) sinfdagi o'quvchilar soniga ko'ra sinf rahbarligi uchun:

15 nafar o'quvchigacha — 50 foiz;

16 nafardan 20 nafar o'quvchigacha — 60 foiz;

21 nafardan 25 nafar o'quvchigacha — 70 foiz;

26 nafardan 30 nafar o'quvchigacha — 80 foiz;

31 nafar va undan ko'p o'quvchi bo'lganda — 100 foiz;

b) daftarlarni va yozma ishlarni tekshirganlik uchun  — 50 foiz, sinfdagi (sinf-komplektdagi) o'quvchilar soni 15 nafargacha bo'lgan kam komplektli maktablarda esa — 25 foiz;

v) informatika kabineti mudirligi uchun  — 50 foiz.

Количество просмотров

1827

Янгиликлар лентаси