USD = 8163.93 SUM   EUR = 9978.77 SUM
Тошкент

«Yandex» bilan hamkorlikda yosh dasturchilar tayyorlanadi

Дата публикации: 07 12 2017

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Rossiyaning «Yandex» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Bu haqda vazirlikning axborot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda rossiyalik axborot texnologiyalari ekspertlariga O'zbekistonda sohani rivojlantirish yuzasidan amalga oshirilayotgan yirik loyihalar, xususan, «Mirzo Ulugbek Innovation Center» faoliyati to'g'risida ma`lumotlar berildi.

Muzokaralarda asosiy e`tibor yosh dasturchilarni tayyorlash yo'nalishida hamkorlikni yo'lga qo'yish masalasiga qaratildi.

Shuningdek, «Yandex» kompaniyasi vakillari bilan O'zbekistonda geografik axborot tizimlari, jumladan, muayyan hududga oid grafik-tasvir ma`lumotlarini o'rganish, to'plash va tahlil qilish tizimlarini yaratish masalasi ham muhokama qilindi.

 «Yandex» — Rossiyaning transmilliy kompaniyasi bo'lib, Internet tarmog'ida shu nomdagi qidiruv tizimi mavjul. U internet-portallarga egalik qiladi hamda bir necha davlatlarda IT-xizmatlarni ko'rsatadi. Ayniqsa, Rossiya, Turkiya, Belarus va Qozog'iston axborot texnologiyalari bozorida yuqori o'ringa ega.

Количество просмотров

187

Янгиликлар лентаси