USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Тошкент

TATUda Yaponiya granti asosida o'quv media markazi tashkil etiladi

Дата публикации: 06 12 2017

O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo'yicha davlat qo'mitasida Yaponiyaning mamlakatimizdagi elchixonasi bilan “Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o'quv media markazini tashkil etish” loyihasi bo'yicha almashinuv notalarini imzolash marosimi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo'yicha davlat qo'mitasida shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda vazirlik va idoralar, Yaponiyaning mamlakatimizdagi elchixonasi va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligining (JICA) O'zbekistondagi vakolatxonasi vakillari, ommaviy axborot vositalari xodimlari qatnashdi.

Qiymati 1,5 million dollar miqdoridagi mazkur grant mablag'lari universitetda ilmiy-tadqiqot va o'quv laboratoriyalarini tashkil etish uchun sarflanadi. Ushbu o'quv media markaz tele va radioeshittirishdagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishning zamonaviy tendentsiyalarini hisobga olgan holda kompyuter texnologiyalari, multimedia va tarmoq uskunalari bilan jihozlanadi.

Loyihaning amaliyotga joriy etilishi maxsus va amaliy fanlarni o'qitish sifatini yaxshilash, “Kinoteleoperatorlik” va “Maxsus yoritish texnologiyalari” yo'nalishida tahsil olayotgan mutaxassislar, talabalarning nazariy va amaliy jihatdan professional malakasini oshirishga yordam beradi. Shuningdek, interfaol o'quv mashg'ulotlari o'tkazish va ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishga xizmat qiladi.

Количество просмотров

389

Янгиликлар лентаси