USD = 8163.93 SUM   EUR = 9978.77 SUM
Тошкент

Gubkin nomidagi neft va gaz universitetiga «Do'stlik» ordeni berildi

Дата публикации: 06 12 2017

Prezident Rossiya universitetini sohaga malakali mutaxassislar etishtirib berayotganligi uchun «Do'stlik» ordeni bilan taqdirladi.

Poytaxtimizda I. Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent filiali tashkil etilganiga 10 yil to'lishi munosabati bilan tadbir o'tkazildi, deb xabar beradi O'zA.

Ushbu oliy ta`lim muassasasi O'zbekiston Respublikasining Birinchi Pezidenti tashabbusi bilan 2007-yilda ish boshlagan edi. Bugungi kunda bu erda 730 dan ortiq talaba bilim olmoqda.

Yaqinda ushbu muassasaning Qashqadaryo hududiy  bo'limi ochildi. U O'zbekiston Prezidentining 12-apreldagi  ikki davlat o'rtasidagi o'zaro strategik  hamkorlik aloqalarni mustahkamlash to'g'risidagi qarori va «O'zbekneftegaz» AJning Rossiya davlat universiteti bilan anglashuv Memorandumi asosida tashkil etildi.

Количество просмотров

200

Янгиликлар лентаси