USD = 8146,38 SUM   EUR = 9965,47 SUM
Тошкент

Oliy va o'rta maxsus ta`lim vazirligida videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi

Дата публикации: 05 12 2017

Unda oliy va o'rta maxsus ta`lim maskanlaridagi huquqbuzarliklar tahlil etildi, deyiladi O'zA xabarida.

O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta`lim vazirligida "Oliy ta`lim muassasalarida korruptsiya, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida ma`naviy-ma`rifiy ishlar samaradorligini oshirishning dolzarb masalalari" mavzusida videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida 15-noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalariga bag'ishlangan videoselektorda yoshlar orasida jinoyatchilikning oldini olish, bu borada ta`lim muassasalari va ichki ishlar organlarining hamkorligini mustahkamlash va mas`uliyatini oshirish masalalari tahlil qilinib, mazkur yo'nalishdagi dolzarb vazifalar belgilab olingan edi.

Videoselektor yig'ilishida oliy va o'rta maxsus ta`lim maskanlaridagi huquqbuzarlik holatlari xolis, chuqur va atroflicha tahlil etildi. O'quvchi-yoshlarda yurtimizdagi tinch va osuda hayotning qadriga etish, shukronalik, halollik, kattaga hurmat, kichikka izzat tuyg'ularini mustahkam qaror toptirish pedagogik jamoa, mahalla, oilalar zimmasiga ulkan vazifalar yuklashi ta`kidlandi. Ma`naviy-ma`rifiy tadbirlarning sifati va ta`sirchanligini oshirish, yoshlarning ta`limdan tashqari bo'sh vaqtini to'g'ri va oqilona tashkil etishda turli fan, badiiy ijodiyot, kasb-hunarga oid to'garaklar ishini kuchaytirish, talabalar turar joylarida ma`naviy-ma`rifiy chora-tadbirlarni takomillashtirish, o'quv maskanlarining huquq-tartibot idoralari bilan hamkorligini mustahkamlash bo'yicha aniq vazifalar belgilandi.

Количество просмотров

189

Янгиликлар лентаси