USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Sharof Rashidov o‘zining noyob aql-zakovati, boy bilim va tajribasi, mehnatsevarligi va kamtarligi, yuksak insoniy fazilatlari bilan nafaqat O‘zbekistonda, balki uzoq-yaqin o‘lkalarda ham katta obro‘-e’tibor qozongan edi. Bu ulug‘ inson, sobiq mustabid tuzum davrida turli tazyiq va sinovlarga bardosh berib, xalqimiz va millatimizga sadoqat bilan, halol va fidokorona xizmat qildi.

Siyosat

17 Noyabr 2017 O‘zbekiston Prezidenti Koreya Respublikasiga tashrif buyuradi

Shavkat Mirziyoyev Mun Chje Inning taklifiga binoan 22-25-noyabr kunlari davlat tashrifi bilan Koreya Respublikasida bo‘ladi, deb xabar beradi O‘zA.

16 Noyabr 2017 O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida ikki tomonlama harbiy hamkorlik to‘g‘risida Reja imzolandi

16-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Abdusalom Azizov boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif doirasida Ozarbayjon mudofaa vaziri Zokir Gasanov bilan uchrashdi.
 

Iqtisodiyot

17 Noyabr 2017 “Volkswagen” O‘zbekistonda “Amarok” pikapini ishlab chiqaradi

“JV MAN Auto-Uzbekistan” MChJ QK “Amarok” rusumli pikaplarini ishlab chiqarishni boshlaydi, deb xabar beradi “O‘zavtosanoat” matbuot xizmati.

16 Noyabr 2017 “O‘zbekzargarsanoati” assotsiatsiyasi tuzildi

15-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018–2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasida zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Jamiyat

17 Noyabr 2017 Ertaga – 18-noyabr kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 18-noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan esayotgan shamol o‘z yo‘nalishini o‘zgartirib, g‘arbdan sekundiga 5-10 metr tezlikda esadi. Havo harorati kechasi 0-2, kunduzi 13-15 daraja iliq bo‘ladi.

18 Noyabr 2017 Jonibekovning kuchli taassurotlari va taqdirning yulduzli xaritasi

 Toshkentning markazida hamisha odamlar bilan gavjum, yoshlar to‘planadigan shunday bir joy bor. U yer metroning Kostmonavtlar bekati yonida joylashgan. Ushbu manzilda vatandoshimiz, fazogir-uchuvchi Vladimir Jonibekov sharafiga bronzadan ishlangan byust o‘rnatilgan. Uning muallifi xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi, haykaltarosh Yakov Shapirodir. Bu maydonda osmon yulduzlari xaritasi juda ham tiniq ko‘rinadi. Qo‘lingni uzatgan zahoting yulduzga yetgudek, go‘yo.

Sport

16 Noyabr 2017 Taekvondo va sport faoliyati fakulteti tashkil etiladi

16-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tarkibida “Taekvondo va sport faoliyati” fakultetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori imzolandi.

16 Noyabr 2017 O‘FF prezidenti Janubiy Koreya futbol assotsiatsiyasi bilan memorandum imzoladi

O‘FF prezidenti Umid Ahmadjonov Janubiy Koreya futbol assotsiatsiyasi prezidenti Chun Mun Guning taklifiga ko‘ra Seul shahriga safar uyushtirdi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar berdi.

Madaniyat

16 Noyabr 2017 O‘zbekiston Konstitutsiyasining yaratilishi tarixiga bag‘ishlangan arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi ochildi

 O‘zbekiston tarixi davlat muzeyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilishi tarixiga bag‘ishlangan arxiv hujjatlari ko‘rgazmasi ochildi.

16 Noyabr 2017 “PROlogue” festivalida 15ta qisqa metrajli film qatnashadi

“PROlogue” yosh kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan qisqa metrajli filmlar III Respublika festivali saralash bosqichidan o‘tgan filmlar ro‘yxati e’lon qilindi. 

Ta'lim

16 Noyabr 2017 OTMga kirish test sinovlari 1-15-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi

“Respublika oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga kirish test sinovlarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori 16-noyabr kuni e’lon qilindi.

17 Noyabr 2017 Poytaxtimizda «Yoshlar sammiti Toshkent – 2017» festivali boshlandi

O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Toshkent shahar kengashi tomonidan o‘tkazilayotgan mazkur festivalda o‘rta maxsus, kasb-hunar, oliy ta’lim muassasalari talaba va o‘quvchilari qatnashmoqda. Ular joriy yilning oktabr oyida bo‘lib o‘tgan «Yoshlar ovozi» tahliliy, ilmiy-amaliy konferensiyasi g‘oliblaridir.