USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Turkiya Chimyon-Chorvoq sayyohlik zonasi rivojiga hissa qo‘shishga tayyor

Nashr qilingan sana: 06 11 2017

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining ishchi guruhi Turkiyada «GAD» kompaniyasi rahbariyati bilan brend, me'morlik va dizayn yechimlarini ishlab chiqish, tog‘ turizmining istiqbolli rivoji, Chimyon-Chorvoq tog‘-turistik zonasida muhandislik ishlarining o‘tkazilishi va keng ko‘lamli sayyohlik infratuzilmasining qurilishi masalalarini muhokama qilishdi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmatida xabar berildi.

Turkiyaning «GAD» kompaniyasi dam olish maskanidagi infratuzilmaviy loyihalarga Turkiyadan yirik sarmoyachilarni jalb qilish, mehmonxonalar, madaniy-ko‘ngilochar markazlar, golf-klublar, akvaparklar va parklar qurilishida hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirgan.

Joriy yilning 28-oktabr kuni «GAD» me’moriy-loyihaviy kompaniyasining rahbari Avchio‘g‘li va bir necha yirik turk sarmoyachisi O‘zbekistonga tashrif buyurgan edi. Ushbu tashrif davomida turkiyalik ekspertlar “Tashkent city” loyihasi bilan tanishuv doirasida mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda qatnashishga muvaffaq bo‘lishgandi, shuningdek, Bosh vazir Abdulla Aripov ham ularni qabul qilgan edi.                                                                             

Ko'rishlar soni

118