USD = 8085.11 SUM   EUR = 9487.07 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga turkiyalik maslahatchi tayinlandi

Nashr qilingan sana: 06 11 2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 25-26-oktabr kunlari Turkiyaga tashrifi chog‘ida Turkiyada turizmni rivojlantirish bo‘yicha ko‘p yillik tajribaga ega bo‘lgan mutaxassis Sodiq Badak ushbu sohada ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish borasida turk hukumati tomonidan tavsiya qilingan edi.

Turkiya Respublikasi Milliy majlisining Antaliya viloyatidan sobiq deputati bo‘lgan Sodiq Badak O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi maslahatchisi etib tayinlandi, deya xabar qilgan qo‘mita matbuot xizmati.

Maslahatchining asosiy vazifalari quyidagilardir:

— o‘zbekistonlik mutaxassislar bilan Turkiyada turizmni rivojlantirish bo‘yicha 30 yillik tajribani o‘rtoqlashish va o‘rta hamda uzoq muddatli istiqbolda (5 va 10 yil) O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini rivojlantirish bo‘yicha strategik rejani ishlab chiqishga ko‘maklashish;

— mamlakatning ehtimoliy sayyohlik hududlarining infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha loyihalar uchun reja ishlab chiqilishiga ko‘maklashish;

— turizm sohasidagi O‘zbekiston qonunchiligini takomillashtirish bo‘yicha takliflarni va turizmni jadal rivojlantirish uchun qo‘shimcha rag‘batlantirish choralarini ishlab chiqish;

— turizm xizmatlari sohasidagi mutaxassislarni tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha maxsus o‘quv qo‘llanmalarni ishlab chiqish, maxsus o‘quv kurslarini yaratish;

— O‘zbekiston uchun ehtimoliy xorijiy turizm bozorlarini o‘rganish va turizm brendlarini rivojlantirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

— xorijiy va mahalliy sayyohlar uchun yangi turistik mahsulotlar hamda yo‘nalishlar ishlab chiqish;

— O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish.

Sodiq Badakning rais maslahatchisi sifatida o‘z faoliyatini joriy yilning oktabr oyidan boshlagani aytib o‘tilgan.

Ko'rishlar soni

190