USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

“Sharq ganjinalari” ichra Samarqand va Buxoro savlati

Nashr qilingan sana: 16 10 2017

Archeo jurnali Italiyaning nufuzli nashrlaridan biri hisoblanadi. Sentabr oyida ushbu nashr Ipak yoli boylab sayohat nomli ilmiy monografiyani chop etdi. 40 ming nusxada sotuvga chiqarilgan mazkur monografiyadan  Sharq ganjinalari nomli bo‘lim ham joy olgan.

21 sahifani o‘z ichiga olgan bo‘limning salmoqli qismi O‘zbekistondagi ko‘hna va ulug‘ kentlar – Samarqand va Buxoroga ajratilgan. Unda shaharlarning sivilizatsiyasi, rivoji hamda afsonaviy Buyuk Ipak yo‘lining shakllanishidagi o‘rni va ahamiyati keng yoritilgan, deya xabar beradi “Jahon” axborot agentligi.

“Tobora ko‘proq shuhrat qozonayotgan nom” rukni ostida e’lon qilingan materialda O‘zbekistonda sayyohlik sohasi shitob bilan rivojlanayotgani ta’kidlangan. Bugungi kunda O‘zbekistonga, uning boy tarixi, betakror me’morchiligi, rang-barang madaniy an’analari, milliy oshxonasi hamda o‘simlik va hayvonot dunyosiga nisbatan qiziqish tobora o‘sib borayotgani hamda yurtimizning sayyohlik industriyasini rivojlantirish borasida erishgan muvaffaqiyatlari ham o‘z aksini topgan.

Jumladan, “26 yil yillik suveren rivojlanishi davrida O‘zbekistonda 600 dan ziyod mehmonxona xo‘jaligidan iborat keng qamrovli tarmoq barpo etildi. 830 dan ortiq sayyohlik kompaniyalari faoliyat ko‘rsatib, qariyb 500 korxona esdalik sovg‘a mahsulotlarini tayyorlash bilan shug‘ullanmoqda. 2011-yildan e’tiboran Toshkentdan Samarqand, Buxoro va Qarshi shaharlariga tezyurar zamonaviy Afrosiyob elektr poezdlari qatnovi yo‘lga qo‘yilgan. Dengiz sathidan 2200 metr balandlikda joylashgan Qamchiq dovoni orqali o‘tgan Angren-Pop elektrlashtirilgan temir yo‘l liniyasining ishga tushirilishi Xitoy - Markaziy Osiyo - Yevropa xalqaro transport yo‘nalishining yangi muhim bo‘g‘iniga aylangan. Bu esa Farg‘ona vodiysi viloyatlarini O‘zbekistonning boshqa mintaqalari bilan bog‘lash imkoniyatini yaratib, sayyohlik uchun yangi imkoniyatlar eshiklarini ochadi”, deya baho berilgan.

 

Ko'rishlar soni

180