USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

O‘zbekiston jahon matbuoti nigohida

Nashr qilingan sana: 24 10 2017

Indoneziyada nashr etiladigan “The PEAK” jurnalida O‘zbekistonning madaniyati, milliy taomlari va me’moriy obidalari haqida maqola chop etildi. “Lifestyle” rukni ostida berilgan ushbu maqoladan sayyohlar uchun amaliy tavsiyalar ham o‘rin olgan.

O‘zbekiston Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, maqola qo‘mitaning Jakarta—Kuala-Lumpur—Samarqand charter reyslari orqali o‘tgan “Ziyorat tur” dasturida ishtirok etgan jurnalistlar tomonidan tayyorlangan.

Italiya aholisi ham O‘zbekiston haqida ko‘plab ma’lumotlarni bilib olishdi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi, O‘zbekistonning Rimdagi diplomatik vakolatxonasi hamda “Archeo” jurnali hamkorligida monografiya nashr etildi. Oktabr oyida chop etilgan ushbu nashr “Ipak yo‘li bo‘ylab sayohat” deb nomlanadi. Unda asosiy e’tibor Buxoro va Samarqand me’morchiligiga va Marko Poloning O‘rta Osiyo shaharlariga sayohatiga qaratilgan.

Ko'rishlar soni

263