USD = 8146,38 SUM   EUR = 9965,47 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Ixtirochi Orolga osmondan qaramoqchi

Nashr qilingan sana: 02 01 2018

66 yashar Yusup Kamalov, xususan, Orol dengizi hududidagi ajoyib manzaralarni, Ustyurtdagi nayzasimon suratlarni delьtaplan orqali tomosha qilish maqsadga muvofiq, degan fikrda. 


Olimning o'zi delьtaplan bilan sayohat qilishni amalda bajarish mumkinligini isbotladi. Uning fikriga ko'ra, ekstremal ta`sirlardan xarajatni ayamaydigan sayyohlar Mo'ynoqdan delьtaplanda parvoz qilib, Orol dengizi akvatoriyasini va Ustyurtni tomosha qilishi mumkin. Ma`lumotlarga ko'ra, motorli delьtaplanda ikki turist bemalol 200-300 kilometr masofagacha ucha oladi. 

Nukusga 25-30 kilometr joydagi Chilpiq, «Nazarxan» ovul fuqarolar yig'inidagi Bestobe kabi hududlarda esa motorsiz delьtaplandan ham foydalansa bo'ladi. Ya`ni, balandlikdan sakrab, havoda muallaq turish yordamida biroz vaqt osmonda parvoz qilib zavqlanish mumkin, deb yozadi Qoraqalpog'iston axborot agentligi sharhlovchisi M.Pirnazarova.

– Bundan 40 yil muqaddam ilmiy tadqiqotlar uchun 2 delьtaplan yasab, uchishni o'rgandim. Keyin esa yana ikkitasini sotib oldim. Hozirgi vaqtda shamol bilan harakatlanadigan transport, vindsyorfing yasab chiqirish ustida tadqiqot olib borayotirman, – deydi olim. – Ekstremal sport bilan shug'ullanish, xususan, delьtaplanda parvoz qilish uchun bizda barcha imkoniyat va sharoit bor. Orol dengizi uzra parvoz qilib, uning ajoyib manzarasini tomosha qilish shu sohaga qiziquvchi ixlosmandlar uchun zavqli bo'lardi. Qolaversa, bu O'zbekistonga sayyohlar oqimining ko'payishiga xizmat qiladi.

Yusup Kamalov O'zbekiston Fanlar akademiyasi Qoraqalpog'iston bo'limida faoliyat yuritadi. Ilmiy yo'nalishi shamol energetikasiga ixtisoslashgan. U Orol dengizi va Amudaryoni muhofaza qilish uyushmasi rahbari sifatida hududdagi ekologik muammolar bilan ham shug'ullanadi. 

Eslatib o'tamiz, qoraqalpog'istonlik yana bir olim  – Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti professori Maqsud Ibragimov Aydar-Arnasay ko'llar tizimi suvlarini Orol dengiziga quyish g'oyasini taklif etgandi

Ko'rishlar soni

91