USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Toshkentdagi Inha universiteti va Avstraliyaning Kyortin universiteti hamkorlik qiladi

Nashr qilingan sana: 11 11 2017

Toshkentdagi Inha universiteti va Avstraliyaning Kyortin universiteti o‘rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida birgalikda tadqiqotlar olib borish va universitetlar o‘qituvchilari o‘rtasida tajriba almashishni ko‘zda tutuvchi o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi, deb xabar beradi O‘zA.

Imzolangan hujjat doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining turli yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikdagi tadqiqotlarni amalga oshirish, treninglar tashkil etish, ta’limga oid loyihalar ishlab chiqish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, tomonlar ta’lim olish, tajriba almashish uchun talaba va o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yishni rejalashtirmoqda.

Xususun, o‘zbekistonlik talabalar magistratura va doktorantura bosqichini Kyortin universitetida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ilk qo‘shma dasturlardan biri magistraturada "1+1" sxemasi bo‘yicha o‘qitish bo‘lib, uning doirasida talabalar bir yil mobaynida Toshkentdagi Inha universitetida, bir yil Kyortin universitetida ta’lim oladi. Tajriba va pedagogik texnologiyalarning yanada samarali almashinuvini yo‘lga qo‘yish maqsadida yurtimiz talabalari bilan mashg‘ulotlar olib borish uchun avstraliyalik o‘qituvchilarni taklif etish rejalashtirilmoqda.

Kyortin universiteti Avstraliyaning yetakchi oliy o‘quv yurtlaridan biri bo‘lib, unda 60 mingga yaqin talaba ta’lim oladi, ularning qariyb 40 foizi xorijlik talabalardir. Universitet ta’lim berish sifati, shuningdek, laboratoriya xonalarida o‘tkaziladigan ilmiy-tadqiqot ishlari bilan mashhur.

Ko'rishlar soni

217