USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

TATU kutubxonasini takomillashtirishga 3 mln dollar sarflanadi

Nashr qilingan sana: 19 10 2017

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan tashkil  etilgan matbuot anjumanida aytildi.


KOICA agentligi bilan hamkorlikda universitetning elektron kutubxona tizimini takomillashtirish ko‘zda tutilgan. Bu esa ta’lim jarayonining darajasini sezilarli darajada oshirishi kutilmoqda. Ushbu tizimga qo‘shimcha ravishda maxsus dastur ishlab chiqiladi va uning yordamida kitob yuklab olish mumkin bo‘ladi. Bunda smartfon kamerasi orqali kitob muqovasi skaner qilinadi va uning elektron nusxasi yuklab olinadi. 2018-2019-yillarga mo‘ljallangan ushbu loyihani amalga oshirish uchun 3 mln dollar ajratiladi.

Universitetda xorijlik hamkorlar bilan ish olib borish natijasida Ilmiy axborot markazi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, talabalar bilimlarini baholash uchun mo‘ljallangan acm.tuit.uz avtomatlashtirilgan dasturi ishlab chiqilgan.

Ko'rishlar soni

311