USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Senator Agrepina Shin maktabgacha ta’lim vaziri etib tayinlandi

Nashr qilingan sana: 20 10 2017

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 19-oktabrdagi farmoniga asosan Senatning Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi a’zosi Agrepina Shin O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim vaziri etib tayinlandi.

Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji direktori, senator Agrepina Shin iqtisodiyot vaziri Galina Saidovadan keyin mamlakatimiz hukumatida tayinlangan ikkinchi ayol vazir hisoblanadi.

Yangi tashkil etilgan vazirlik oldida maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, 5-6 yoshli bolalarni to‘liq maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olish kabi vazifalar qo‘yilgan.

Ko'rishlar soni

477