USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Qurolli Kuchlar akademiyasi va Toshkent shahridagi Inha universiteti o‘rtasida kelishuv imzolandi

Nashr qilingan sana: 07 11 2017

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi va Toshkent shahridagi Inha universiteti o‘rtasida ta’lim va ilm-fan sohasida hamkorlik bo‘yicha kelishuv imzolandi, deb xabar beradi O‘zA.        

Toshkent shahridagi Inha universiteti rektori S.Boboxo‘jayevning aytishicha, mazkur kelishuv har ikki ta’lim muassasasi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqa o‘rnatish, o‘quv, uslubiy va ilmiy ishlarni tashkil qilish hamda ta’lim yo‘nalishidagi boshqa masalalarda samarali hamkorlik olib borish uchun sharoit yaratishga yo‘naltirilgan.

Ushbu hujjat doirasida o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini oshirish, ma’ruza o‘qish va boshqa turdagi mashg‘ulotlarni o‘tkazish uchun professor-o‘qituvchilar va ilmiy kadrlar almashinuvi amalga oshiriladi. Kelishuvda ta’lim jarayoniga ilg‘or o‘qitish uslublari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish, tadqiqotlar o‘tkazish bo‘yicha eng yangi texnika va metodikalarni o‘zlashtirish, ilmiy kadrlar tayyorlashda o‘zaro yordam ko‘rsatishga alohida e’tibor qaratilgan.

Ikki o‘quv yurti hamkorlikda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, mamlakatimizda ta’lim, ilm-fan sohasi hamda Qurolli Kuchlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirishga bag‘ishlangan suhbatlar, uchrashuv va seminarlar o‘tkazishni rejalashtirgan. 

Ko'rishlar soni

131