USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

O‘zbekiston va Rossiya OTM o‘rtasida hamkorlik bitimi imzolandi

Nashr qilingan sana: 25 10 2017

Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamda K.A.Timiryazov nomidagi Rossiya davlat agrar universiteti ilmiy hamkorlik to‘g‘risida bitim imzoladi.

Ushbu hujjat Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti delegatsiyasining Rossiya davlat agrar universiteti xalqaro faoliyat bo‘yicha prorektori Yevgeniy Koshkin bilan uchrashuvidan so‘ng imzolandi.

Tomonlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi ikki tomonlama strategik hamkorlikni yanada mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori doirasida ikki davlat oliy o‘quv yurtlari o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi. Bu haqda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti saytida xabar berildi.  

Ko'rishlar soni

546