USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Nufuzli musobaqalar g‘oliblari bo‘lgan o‘quvchilar OTMga imtihonsiz qabul qilinadi

Nashr qilingan sana: 08 11 2017

Joriy yilning 7-noyabr kuni Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro va respublika olimpiadalari, tanlovlari, musobaqalari g‘oliblari bo‘lgan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta`lim maktablari o‘quvchilarini taqdirlash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qarori e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, 1-bandda “sportning olimpiya turlari” so‘zlaridan keyin “Kurash” milliy sport turi” so‘zlari qo‘shildi. 2-bandiga asosan respublika (1-o‘rin) va xalqaro tanlovlar va musobaqalarning (Olimpiya o‘yinlarida, Osiyo o‘yinlarida, jahon chempionatida va Osiyo chempionatida 1-3-o‘rinlar) individual turlarida g‘olib chiqqan akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablarining bitiruvchilari oliy ta`lim muassasasiga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilinadilar.

Nizomning 3-bandida esa respublika (1-o‘rin) va xalqaro tanlovlar va musobaqalarning (Olimpiya o‘yinlarida, Osiyo o‘yinlarida, jahon chempionatida va Osiyo chempionatida 1-3-o‘rinlar) jamoa turlari g‘oliblari o‘z komandalari tarkibidan — akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va umumta’lim maktablari bitiruvchilaridan oliy ta’lim muassasasiga test sinovlarisiz va qo‘shimcha imtihonsiz qabul qilish uchun uch nomzodni belgilashi qayd etildi.

Ko'rishlar soni

133