USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Maktab bitiruvchilarga shahodatnoma bilan birga kasb bo‘yicha diplom beriladi

Nashr qilingan sana: 26 10 2017

Vazirlar Mahkamasining “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilariga kasbiy ta’lim berishga ixtisoslashgan o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori 24-oktabr kuni qabul qilindi.

Ushbu qaror 10-11-sinf o‘quvchilarining ta’lim olish bilan birgalikda kasb-hunar o‘rganishi, ularning qiziqish va qobiliyatlaridan kelib chiqqan holda kelajakda ta’limni davom ettirishi yoki egallagan kasblari bo‘yicha mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlariga shart-sharoitlar yaratish, o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini tashkil etish va ularni zarur jihozlar bilan ta’minlash maqsadida qabul qilingan.

Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari o‘quvchilari uchun kasbiy ta’limni tashkil etish to‘g‘risidagi nizom, o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini jihozlash uchun talab etiladigan asbob-uskunalar va jihozlar ro‘yxati, ular bilan ta’minlash dasturi, chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik o‘quv xonasini jihozlash uchun talab etiladigan asbob-uskunalar ro‘yxati, o‘quv-ishlab chiqarish majmualari faoliyatini tashkil etishni muvofiqlashtiruvchi kengash tarkibi tasdiqlangan.

O‘quv-ishlab chiqarish majmualari faoliyatini tashkil etishni muvofiqlashtiruvchi kengash 2018–2020-yillarda o‘quv-ishlab chiqarish majmualarini zarur jihozlar bilan ta`minlash dasturida nazarda tutilgan parametrlarni amalga oshirish yuzasidan doimiy monitoring yuritilishini va zarurat bo‘lganda majmualarni jihozlashning har yili tasdiqlanadigan manzilli dasturiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritib borilishi ta’minlaydi.

Ushbu majmua Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari tomonidan umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarida tashkil etiladi.

Bitiruvchilarga umumiy o‘rta ta’lim muassasasini tugatganlik to‘g‘risidagi shahodatnoma bilan birga majmuada o‘rnatilgan kasblar bo‘yicha diplom beriladi.

Ko'rishlar soni

555