USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Islom Karimov nomidagi respublika xayriya jamoat fondi yangi ta’lim grantlarini e’lon qildi

Nashr qilingan sana: 02 11 2017

Islom Karimov nomidagi respublika xayriya jamoat fondi Yevropa va AQSh oliy talim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olish uchun respublikamiz hamda chet el oliygohlarining oxirgi bosqichida oqiyotgan yoki ularni muvaffaqiyatli tamomlagan, xorijiy tillarni a’lo darajada biladigan iqtidorli yigit-qizlar ortasida Fond grantlarini olish boyicha tanlov elon qildi.

Unga ko‘ra, chet elda (ikki yilgacha) tahsil olish va yashash xarajatlari to‘laligicha fond tomonidan moliyalashtiriladi.

Grant quyidagi yo‘nalishlarda taqdim etiladi:

  • Tabiiy fanlar (qayta tiklanuvchi energiya manbalari, kimyo);
  • Suv va yer resurslarini boshqarish;
  • Mashinasozlik texnologiyalari;
  • Oziq-ovqat texnologiyalari;
  • Oziq-ovqat xavfsizligi;
  • Oziq-ovqat ishlab chiqarish va marketing;
  • Arxitektura (shaharsozlik, tarixiy obidalarni muhofaza etish va qayta tiklash);
  • Dizayn (mahsulot dizayni, sanoat va me’morchilik dizayni);
  • Rassomlik;

Fond grantini qolga kiritishni xohlagan nomzodlarga qoyiladigan asosiy talablar:

  • Faoliyatini milliy istiqlol g‘oyalariga bag‘ishlash, Vatanimiz va xalqimizning iqtisodiy va ma’naviy ravnaqiga xizmat qilishni o‘z burchi hamda hayotiy maslagi deb bilishi;
  • Umumbashariy va milliy qadriyatlar ruhida fikr yuritish, keng dunyoqarash va yuksak axloq sohibi bo‘lish;
  • Tanlangan mutaxassisligi bo‘yicha chuqur bilimga ega bo‘lish va kamida bitta xorijiy tilni a’lo darajada bilish.

Hujjatlar joriy yilning 6-noyabridan 17-noyabriga qadar fondning elektron saytida qabul qilinadi. Bu haqda www.islomkarimov.uz saytida ma’lumot berilgan.

Ko'rishlar soni

372