USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Ishdan ajralmagan holda birinchi oliy ma’lumotni olish mumkinmi?

Nashr qilingan sana: 23 10 2017

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida ikkinchi oliy ma’lumot olishni xohlovchilar uchun sirtqi bo‘lim ochildi. Turli sohalarda faoliyat yuritayotgan ishchilar uchun ikkinchi mutaxassislikdan ko‘ra birinchi oliy ma’lumotni sirtqi bo‘limda olish imkoni yaratilsa yaxshi edi. Bugun ma’lum bir sohada ishlayotgan yosh xodimning lavozimi o‘smasligi oliy ma’lumoti yo‘qligiga borib taqalmoqda. Bu masala yuzasidan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qanday choralar ko‘rmoqda?

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri o‘rinbosari M.Inoyatov:

– Vazirlik va boshqa vazirliklar hamkorligida loyiha ishlab chiqilib, Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalarida sirtqi (maxsus sirtqi), kechki (smenali) bo‘limlar tashkil etish haqida” qarori loyihasi tayyorlangan. Unga ko‘ra, oliy ma’lumot olishni xohlovchi fuqarolar ishlab chiqarishdan uzilmagan holda sirtqi va kechki bo‘limlarda ta’lim olishi mumkin.

Ko'rishlar soni

426