USD = 8085.11 SUM   EUR = 9487.07 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

“INFOLIB — 2017” haftaligi davom etmoqda

Nashr qilingan sana: 02 11 2017

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Infolib – 2017” VI Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari o‘rtasida “Islom Karimov asarlari bilimdoni” tanlovining mamlakat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

30-oktabrda ish boshlagan axborot-kutubxona haftaligining bu yilgi yangiliklaridan biri sifatida qayd etilgan mazkur tanlov davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga ko‘ra tashkil etilgan. Birinchi Prezidentimiz asarlarini keng targ‘ib etish orqali yoshlarni Vatanga sadoqat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, an’analarga sodiq, yuksak ma’naviyatli avlod sifatida tarbiyalashni ham ko‘zda tutadi.

Tanlovda Toshkent shahri, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardan saralangan 14 ishtirokchi Islom Karimovning ijtimoiy-siyosiy mavzularda yaratgan asarlarini kutubxona foydalanuvchilariga keng targ‘ib qilish, bibliografik sharh o‘tkazish bo‘yicha malakasini sinovdan o‘tkazdi.

Haftalik doirasida o‘tkazilayotgan seminarlar, treninglarda nafaqat axborot-kutubxona muassasasalari mutaxassislari, pedagoglar, balki ota-onalar ham ulardan xabardor bo‘lmoqda, deyiladi “Jahon” AA xabarida.

Ko'rishlar soni

414