USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Fanlarni o’zlashtirolmagan qoloq talabalar kursda qayta o‘qiydi

Nashr qilingan sana: 18 10 2017

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri buyrug‘i bilan Oliy ta’lim to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. 



Norma.uzda yozilishicha, 13-oktabrda kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga ko‘ra, endi fanlarni belgilangan muddatda o‘zlashtirmagan talabalar (akademik qarzdorlar) o‘qishdan chetlatilmaydi, balki oliy ta’lim muassasasi rektori buyrug‘i asosida o‘zi o‘qiyotgan kursda yana bir yilga qoldiriladi. Ikkinchi yilga qoldirilgan talabalar o‘zlari o‘qishni davom ettiradigan o‘quv semestri uchun shartnoma pulini to‘laydi. Ular qoldirilgan o‘quv semestri uchun shartnoma to‘lov puli qaytarib berilmaydi.

Talabalarni bir semestr davomida sababsiz 74 soatdan ortiq dars qoldirgani, shartnoma pulini vaqtida to‘lamagani, ichki tartibni buzgani uchun o‘qishdan haydash tartibi saqlab qolindi. Ularga ham to‘langan shartnoma puli qaytarib berilmaydi.

Ko'rishlar soni

158