USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Xalqaro olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax Toshkentga keladi

Nashr qilingan sana: 08 02 2018

MOQ prezidenti Umid Ahmadjonovning taklifiga ko'ra Xalqaro olimpiya qo'mitasi prezidenti Tomas Bax Toshkentga keladi.


Pxyonchxanda bo'lib turgan Ahmadjonov XOQ Tomas Bax bilan ko'rishdi, deb yozdi MOQ matbuot xizmati. Uchrashuvda tomonlar yangi bosqichga ko'tarilayotgan O'zbekistondagi olimpiya harakatini rivojlantirish masalalari yuzasidan o'zaro fikr almashish borasida kelishib olgan.

Tomas Baxning Toshkentga tashrifidan ko'zlangan asosiy maqsad — MOQ va XOQ o'rtasidagi o'zaro hamkorlikni yanada rivojlantirishdan iborat bo'ladi. Bungacha Bax 2015 yil O'zbekistonga kelgan bo'lib, mamlakat sporti haqida dastlabki tasavvurlarga ega bo'lgandi.

Ko'rishlar soni

102