USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Toshkent derbisi “Paxtakor”ning “Bunyodkor” ustidan g‘alabasi bilan tugadi

Nashr qilingan sana: 27 10 2017

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Oliy ligasining 26-turida Osiyo Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi uchun kurash olib borayotgan Toshkentning ikki grand klubi o‘zaro to‘qnash keldi.

“Bunyodkor” va “Paxtakor” klublarining 1-davra o‘yinida 1:1 hisobi qayd etilgandi. “Paxtakor” mezbonligida o‘tgan takroriy o‘yinda Mirjalol Qosimov shogirdlari imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Kamoliddin Tojiyevning so‘nggi 10 daqiqalikda urgan goli Shota Arveladze boshqaruvidagi “Paxtakor”ning g‘alabasini ta’minladi — 1:0.

Ko'rishlar soni

317