USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Tojikiston — O‘zbekiston U19 terma jamoalari bahsi

Nashr qilingan sana: 08 11 2017

O‘zbekiston U19 termasi bugun — 8-noyabr kuni Osiyo Chempionati saralashining so‘nggi turida Tojikistonga qarshi saf tortadi. Bellashuv Hisor shahrida Toshkent vaqti bilan 17:00 da boshlanadi.

Hal qiluvchi o‘yinda tojikistonliklar iloji boricha ko‘proq muxlisni stadionga jalb qilib, mahalliy futbolchilar ruhiyatiga ijobiy ta’sir qilishni rejalashtirgan. “Championat.asia” nashrining Tojikiston futbol federatsiyasiga asoslanib xabar berishicha, bugun Dushanbedan Hisorgacha yuradigan va futbol uchrashuvidan keyin ortga qaytadigan bepul avtobus qatnovi yo‘lga qo‘yiladi.

Bundan tashqari, futbol federatsiyasi stadionga kirishni bepul qilib qo‘ydi. Bularning hammasi tojikistonlik muxlislar uchun ekani aytilgan. Agar bugun Tojikiston termasi ochko yo‘qotsa, yetakchilik o‘z-o‘zidan O‘zbekistonga nasib qiladi. Tojikiston termasini faqat va faqat g‘alaba qanoatlantiradi.

Ortda qolgan 3 tadan o‘yinda Tojikiston 7 ochko ishlagan bo‘lsa, O‘zbekiston 9 ochkoga ega bo‘ldi.

Ko'rishlar soni

128