USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

O‘zbekiston U-23 terma jamoasining guruhdagi raqiblari aniq bo‘ldi

Nashr qilingan sana: 25 10 2017

Xitoyning Chanchjou shahrida U-23 Osiyo chempionati–2018 guruh bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi O‘zbekiston futbol federatsiyasi sayti.


Qit’a birinchiligiga 16ta jamoa yo‘llanma olgan edi. Ular reytingiga mos ravishda 4ta savatchaga ajratilgan. O‘zbekiston U-23 terma jamoasi BAAda bo‘lib o‘tgan saralash bosqichi “D” guruhida 1-o‘rinni egallagan holda Osiyo chempionati — 2018 musobaqasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan edi.

Bo‘lib o‘tgan qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston U-23 termasi “А” guruhidan joy oldi. Ravshan Haydarov shogirdlari guruh bosqichida Xitoy, Qatar va Ummon bilan kuch sinashadigan bo‘ldi. Qolgan guruhlar quyidagicha ko‘rinishni oldi:

“А” guruhi: Xitoy, Qatar, O‘zbekiston, Ummon;

“B” guruhi: Yaponiya, KXDR, Tayland, Falastin;

“C” guruhi: Iroq, Iordaniya, Saudiya Arabistoni, Malayziya;

“D” guruhi: Janubiy Koreya, Avstraliya, Suriya, Vetnam.

Ko'rishlar soni

330