USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

O‘zbekiston termasi Osiyo Chempionatiga chiqa olmadi

Nashr qilingan sana: 09 11 2017

Aleksandr Mochinov boshchilik qilayotgan O‘zbekiston U19 termasi Osiyo Chempionatiga chiqa olmadi.

Saralashning hal qiluvchi o‘yinida o‘zbekistonliklarni durang natija ham qanoatlantirardi. Ammo ular buning uddasidan chiqa olmadi. Mezbon Tojikistonga qarshi bellashuvning 53-daqiqasida Dilshod Saidov avtogol urib, raqibga qit’a chempionati chiptasini taqdim etdi.

Bir tur avval o‘zbekistonlik futbolchilarning o‘zi Bangladeshni so‘nggi daqiqadagi avtogol evaziga taslim qilgan, Tojikiston esa o‘sha Bangladesh bilan golsiz durang o‘ynagandi.

Reglamentga ko‘ra, 10 ta guruh yakunlariga ko‘ra eng yaxshi 5 ta 2-o‘rin egalari Osiyo Chempionatiga borishi kerak edi. O‘zbekiston yoshlari bu borada 7-ko‘rsatkich qayd etdi.

Ko'rishlar soni

221