USD = 8085.11 SUM   EUR = 9487.07 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Osiyo chempionatida 1 ta oltin va 2 ta bronza medalni qo‘lga kiritildi

Nashr qilingan sana: 08 11 2017

Boks bo‘yicha O‘zbekiston xotin-qizlar terma jamoasi a’zosi Go‘zal Ismatova Vetnamda o‘tkazilgan Osiyo chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar beradi O‘zA.

Ushbu nufuzli musobaqada Go‘zal Ismatova 81 kilogrammdan ortiq vazn toifasidagi final bahsida mezbonlar vakili Ti Tran Nini 5:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.

O‘z vazn toifasida Yodgoroy Mirzayeva va E’zozaxon Meliyeva uchinchi o‘rinni egalladi.

Shu tariqa, Osiyo chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi 1 oltin va 2 bronza medalga sazovor bo‘ldi.

Ko'rishlar soni

201