USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish kengashi tashkil etildi

Nashr qilingan sana: 24 10 2017

Joriy yilning 23-oktabr kuni Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi huzurida Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish kengashini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Ushbu qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 3-iyundagi “Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mamlakatimizda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish ishlarining samaradorligini oshirishga ko‘maklashishi belgilangan.

Unga ko‘ra, Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi huzurida Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish kengashini tashkil etiladi. Mazkur kengash O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirishda ko‘maklashadi. Jamoatchilik asosida faoliyat yurituvchi kengashga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Tanzila Norboyeva rais etib belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi huzurida Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish kengashi Nizomiga ko‘ra uning asosiy vazifa, funksiya, huquq va majburiyatlari, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibi belgilangan.

Ko'rishlar soni

352