USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Hamyurtimiz para-taekvando bo‘yicha bronza medalini qo‘lga kiritdi

Nashr qilingan sana: 23 10 2017

16-22-oktabr kunlari Buyuk Britaniyaning poytaxti London shahrida para-taekvando bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Ushbu chempionatda 59 davlatdan 263 nafar sportchi ishtirok etdi.

Ayollar o‘rtasida kechgan bahsda +58kg vazn toifasida ishtirok etgan hamyurtimiz Guljanoy Naimova braziliyalik raqibi Menezes Deborani mag‘lub etib, faxrli 3-o‘rinni egalladi. Mazkur jahon chempionati Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan “Tokio—2020” XVI Paralimpiya o‘yinlariga reyting ochko beruvchi yirik musobaqalardan biri hisoblanadi.

Ko'rishlar soni

276