USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Dunyodagi eng yosh grossmeysterlardan biri — Nodirbek Abdusattorov

Nashr qilingan sana: 30 10 2017

29-oktabr kuni Sankt-Peterburg shahrida “M.Chigorin Memoriali” xalqaro shaxmat turniri yakunlandi. Unda hamyurtimiz, xalqaro usta Nodirbek Abdusattorov grossmeysterlik uchinchi normasini bajardi, deb xabar beradi O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi.

Endigina 13 yoshga kirgan shaxmatchimiz  turnirda munosib ishtirok etdi. U xalqaro grossmeysterlar bilan bo‘lib o‘tgan bahslarning 3 partiyasida g‘alaba qozonib,  ikki marta durangni qayd etdi va muhim ochkolarni qo‘lga kiritdi.

Ko'rishlar soni

540