USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Denis final yo‘llanmasi uchun kortga chiqadi

Nashr qilingan sana: 14 10 2017

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin “Tashkent Challenger – 2017” turnirining chorak finalida belaruslik Vladimir Ignatik bilan kuch sinashdi. 



Denis o‘zining aniq va kuchli zarbalari orqali V.Ignatikni har ikkala setda 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi, deb xabar bermoqda O'zA.

Shuningdek, chorak finalning ikkinchi uchrashuvida ispaniyalik Gilermo Garsiya-Lopes chexiyalik Vatslav Shafranek ustidan 6:3, 6:3 hisobida zafar quchdi. Turnirning yarim final uchrashuvida Denis va Gilermo o‘zaro kuch sinashadigan bo‘ldi. 

Ko'rishlar soni

217