USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

“O‘zfarmsanoat” AK o‘rnida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashkil etildi

Nashr qilingan sana: 08 11 2017

Joriy yilning 7-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti “Farmatsevtika tarmog‘ini boshqarish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi.

Unga asosan Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tashkil etildi. Farmon matni O‘zbekiston Milliy axborot agentligi saytida chop etildi. Farmonda qayd etilishicha, Dori vositalari, tibbiyot buyumlari va tibbiyot texnikalari ekspertizasi va standartizatsiyasi davlat markazi, O‘zbek kimyo-farmatsevtika ilmiy-tadqiqot instituti, Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot instituti hamda “Sharq tabobati” ilmiy-tadqiqot instituti yangi tashkil etilgan agentlikka beriladi.

Agentlikka bajarishi lozim bo‘lgan  asosiy vazifalar, uning huquqlari belgilab berildi.

Sog‘liqni saqlash vazirligining “O‘zmedeksport” respublika tashqi iqtisodiy davlat korxonasini Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligining “O‘zmedimpeks” davlat unitar korxonasi etib qayta nomlash taklif etilgan.

Ko'rishlar soni

134