USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

"Friends" Qoraqalpog‘istonda xayriya aksiyasi o‘tkazdi

Nashr qilingan sana: 16 10 2017

Qoraqalpog‘iston Respublikasida Janubiy Koreyaning "Friends" nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan xayriya aksiyasi o‘tkazildi. Aksiya doirasida tajribali shifokorlar aholini, shuningdek, bolalarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazdi.


Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi roziligi bilan ushbu tashkilot 2009-yildan buyon bolalardagi yuz-jag‘ kasalliklarini jarrohlik amaliyoti bilan davolab kelmoqda. 2012-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi sog‘liqni saqlash va xalq ta’limi vazirliklari tomonidan imzolangan kelishuvga asosan xorijlik shifokorlar har yili bolalar orasida emlash va profilaktik tadbirlarni amalga oshiradi. Bunday hamkorlik doirasida o‘tgan yillar mobaynida Janubiy Koreyalik mutaxassislar 200dan ortiq yuz-jag‘ jarrohligini va 6 mingdan ortiq bemorlar ko‘rigini o‘tkazgan. — Joriy yilda yuz-jag‘ jarrohligi hamda stomatologik kasalliklar bo‘yicha  yuqori malakali shifokorlar tashrif buyurishgan, - deydi "Friends" NNT rahbari Kim Myong Din. — Bola organizmining sog‘lom rivojlanishida tish asosiy rolni o‘ynaydi. Shu sabab bu jarayonga bee’tibor bo‘lmaslik kerak. Yuz-jag‘ nuqsoni bilan tug‘ilgan bolalarni jarrohlik yo‘li bilan davolaymiz. Qoraqalpoq hamkasblarimiz bilan birga koreys tibbiyot usullarini o‘rtoqlashib, tajriba almashamiz. Qoraqalpog‘iston tibbiyot muassasalaridagi aksiya doirasida tashxiz qo‘yish va emlashda qo‘llaniladigan zamonaviy asbob-uskunalar ham namoyish etildi.                                                                      

Ko'rishlar soni

216