USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Aholiga ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya yordami ko‘rsatish rivojlantiriladi

Nashr qilingan sana: 26 10 2017

Joriy yilning 24-oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya yordami ko‘rsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorga ko‘ra, zamonaviy yuqori texnologik davolash-diagnostika uskunalari bo‘limlari va operatsiya bloklari qurish yo‘li bilan ilg‘or jahon yutuqlari darajasida neyroxirurgik kasalliklar diagnostikasi, ularni davolash va profilaktikasining eng samarali va yuqori texnologik usullaridan respublika aholisining foydalanishi va ehtiyojini ta’minlash va boshqa bir qator ishlar amalga oshiriladi.

Qarorda 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasi aholisiga ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya yordami ko‘rsatishni yanada rivojlantirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tasdiqlangan. Respublika aholisiga neyroxirurgiya yordami ko‘rsatish bo‘yicha bosh tibbiyot tashkiloti bo‘lgan Respublika ixtisoslashtirilgan neyroxirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining asosiy vazifalari sanab o‘tilgan.

Qarorning bajarilishini nazorat qilish sog‘liqni saqlash vaziri va Vazirlar Mahkamasining Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot tahlil departamentiga yuklangan.

Ko'rishlar soni

157