USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Siyosat

Avval xabar berganimizdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning xorijiy davlatlardagi elchixonalari faoliyatiga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi o'tkazdi. 

11 yanvarь kuni Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatimizning xorijdagi elchixonalari faoliyati tahliliga bag'ishlangan videoselektor yig'ilishi bo'lib o'tdi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi

10 yanvarь kuni Hayraton shahrida (Afg'oniston Islom Respublikasi) O'zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan 25 avtobus, 3 traktor va tirkama texnika Afg'oniston xalqiga hadya qilinishiga bag'ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston rasmiy delegatsiyasi a`zolari, Afg'oniston Prezidenti ma`muriyati va hukumati, ushbu mamlakat jamoatchiligi va ishbilarmon doiralari vakillari ishtirok etdi deb xabar bermoqda UzA. 

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan  “Xavfsiz shahar – xavfsiz mamlakat” kontseptsiyasi asosida yangi tuzilma, ya`ni, Milliy gvardiya tashkil etildi.

Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 10-yanvar kuni o'tgan Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisidagi nutqida alohida ta`kidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 10-yanvar kuni Chirchiq shahridagi harbiy qismga tashrif buyurdi. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 12-dekabrdagi farmoni bilan qayta tashkil qilingan mazkur harbiy qismda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida tizimli ishlar olib borilmoqda. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar berdi. 

O'zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoev bugun yana Toshkent viloyatiga chiqadi. «Kun.uz» manbasi xabar berishicha, Prezident Chirchiq shahriga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Pages