USD = 8163.93 SUM   EUR = 9978.77 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Siyosat

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o'n uchinchi yalpi majlisida senatorlar tomonidan O'zbekiston Respublikasining Yaponiyadagi Favqulodda va muxtor elchisini tayinlashga oid masala ko'rib chiqildi.

Toshkent shahrida 20 dekabrь kuni O'zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri Abdusalom Azizovning Xitoy Xalq Respublikasi Davlat kengashi a`zosi, mudofaa vaziri Chan Vanьtsyuan bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Joriy yilning 21-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Rustam Komilov boshchiligidagi delegatsiya “Islom hamjihatligi yili” yakunlariga bag'ishlangan Boku shahridagi xalqaro anjumanda ishtirok etadi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20-dekabr kuni mamlakatimizga tashrif bilan kelgan XXR Davlat kengashi a`zosi, mudofaa vaziri Chan Vantsyuanni qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Oliy Majlis Senatining o'n uchinchi yalpi majlisida senatorlar O'zbekiston Respublikasining 2018 yilgi Davlat byudjeti, davlat maqsadli jamg'armalarining byudjetlari hamda soliq va byudjet siyosatining asosiy yo'nalishlari to'g'risidagi masalani muhokama qilishdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-dekabr kuni mamlakatimizga tashrif buyurgan Turkiya hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TIKA) prezidenti Serdar Chamni qabul qildi.

19-dekabr kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan Amerika Qo'shma Shtatlari Prezidenti Donald Tramp o'rtasida telefon orqali muloqot bo'lib o'tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

O'zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh Prezidenti Donald Trampga hamdardlik maktubini yo'lladi.

Sooronbay Jeenbekov O'zbekiston Prezidentiga minnatdorlik maktubini yo'lladi. Qirg'iziston Respublikasi rahbari O'zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif davomida Qirg'iziston delegatsiyasiga ko'rsatilgan ehtirom va mehmondo'stlik uchun chuqur minnatdorlik bildirgan.

2017 yil 15 dekabrda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining majlisi bo'lib o'tdi.

Pages