USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Siyosat

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26-yanvar kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 26 yanvarь kuni Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan 2026 yilgacha quriladigan yangi ishlab chiqarish quvvatlarini kafolatlangan elektr energiyasi bilan ta`minlash dasturini amalga oshirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 25 yanvarь kuni “O'zbekneftgaz” aktsiyadorlik jamiyati tizimida geologiya-qidiruv va qazib olish ishlari samaradorligi, yoqilg'i materiallari bilan ichki ehtiyojni ta`minlashning ahvoli, tizimdagi istiqbolli vazifalar ijrosiga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning topshirig'iga ko'ra, Qozog'iston Respublikasining Oqto'ba viloyati Irgiz tumanida "Samara-Chimkent" avtomobilь yo'lida avtobus yonishi oqibatida halok bo'lgan 52 nafar O'zbekiston Respublikasi fuqarosi oilalarining barchasiga bir martalik nafaqa ajratildi, deb xabar beradi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo'mondoni Shavkat Mirziyoev Surxondaryo viloyatiga tashrifining ikkinchi kuni Janubi-g'arbiy maxsus okrugiga qarashli harbiy qismda bo'ldi. Xavfsizlik kengashining kengaytirilgan tarkibdagi yig'ilishida berilgan vazifalar ijrosi bilan tanishdi. Harbiylar bilan muloqot qildi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmati xabar qildi. 

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev Surxondaryo viloyatiga avvalgi tashrifi chog'ida Termiz shahrida “Amudaryo” bolalar sog'lomlashtirish oromgohini barpo etish loyihasi bilan tanishib, hududda infratuzilma ob`ektlarini ko'paytirish bo'yicha topshiriqlar bergan edi. 

Bugun Gruziya parlamenti raisi Irakliy Kobaxidze boshchiligidagi delegatsiya rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga keldi. 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, avval belgilangan vazifalar ijrosi bilan tanishish maqsadida 19 yanvarь kuni Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi. 

Gruziya Parlamenti raisi I.Kobaxidze boshchiligidagi delegatsiya 2018 yil 20 yanvarь kuni rasmiy tashrif bilan O'zbekistonga keladi. 

Pages