USD = 8146,38 SUM   EUR = 9965,47 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Siyosat

2018 yil 1 yanvarь kuni O'zbekiston Respublikasi va Chexiya Respublikasi o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatilganiga 25 yil to'ldi. Ikki davlat rahbarlari O'zbekiston – Chexiya hamkorligi tarixidagi ushbu sana munosabati bilan bir-birlarini qutladilar. 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O'zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraktsiyasining tashabbusiga binoan adliya vazirining «Qabul qilinayotgan qonunlarning va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mohiyati va ahamiyatini aholiga etkazish, qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniyligini ta`minlash to'g'risida»gi axboroti eshitildi. Tadbir 2017 yil 12 iyulь kuni deputatlar, senatorlar va siyosiy partiyalar vakillari bilan uchrashuv chog'ida Prezident tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkil etildi, deb xabar beradi O'zbekiston Respublikasi  Qonunchilik palatasining Axborot xizmati.. 

Yaponiyaning «The Nikkei» nashri O'zbekistonning qo'shni davlatlar bilan aloqalarining mustahkamlanishi Markaziy Osiyoning ko'rinishini o'zgartirishi va mintaqaning xalqaro maydondagi ta`sirini oshirishi mumkinligini ta`kidlamoqda. Ushbu mavzudagi maqolada Prezident Shavkat Mirziyoevning Samarqand shahrida bo'lib o'tgan xalqaro anjumanda Markaziy Osiyo davlatlari orasida oliy darajadagi uchrashuvlarni muntazam o'tkazib borish bo'yicha bergan taklifi mamlakatning bunday hamkorlikda etakchi rolь o'ynashga intilayotganini ko'rsatadi va jiddiy diplomatik o'zgarishlarga olib kelishi ta`kidlanadi.

Rossiyaning «Nezavisimaya gazeta» nashri O'zbekistonga Shavkat Mirziyoev rahbarlik qila boshlaganiga bir yil to'lganini qayd qildi. Shubhasiz, bir yil – muayayn xulosalar chiqarish uchun qisqa muddat, ammo bu namoyon bo'lishga ulgurgan tendentsiyalarni sezish, ularning ijobiy va salbiy ta`sirini baholash uchun etarli muddatdir.

Keyingi yilda Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar yaxshilanib borayotgani kuzatilmoqda. Bunga ko'p jihatdan O'zbekiston tufayli erishilmoqda. Uning rahbari mamlakat Prezidenti lavozimini egallashi bilan qo'shni davlatlar bilan munosabatlarni yaxshilashni O'zbekiston tashqi siyosatining bosh ustuvor yo'nalishi sifatida belgiladi.

Rossiya Federatsiyasining “Rosatom” davlat korporatsiyasi bosh direktori Aleksey Lixachev boshchiligidagi delegatsiya 29 dekabrь kuni O'zbekistonga keldi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 29 dekabrь kuni milliy kino san`ati va kinoindustriyamizni rivojlantirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlili va bu borada mavjud muammolarni hal etish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Mustaqil Davlatlar Hamdo'stligi Davlat rahbarlari kengashining norasmiy majlisida ishtirok etish uchun 26 dekabrь kuni Rossiya Federatsiyasiga keldi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Filippin Respublikasida vayronkor toshqin va er ko'chishi yuz berib, ko'plab insonlar qurbon bo'lgani munosabati bilan ushbu mamlakat Prezidenti Rodrigo Dutertega ta`ziya izhor etdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Pages