USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Siyosat

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 18 aprelь kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo'lib turgan Koreya Respublikasi tashqi ishlar vaziri Kan Gyon Xva xonimni qabul qildi. 

Ijtimoiy soha xodimlarining jamoat ishlariga majburiy jalb etilayotgani, bu borada ayrim mahalliy rahbarlar tomonidan qonunbuzarlik va ko'zbo'yamachilik holatlari kuzatilayotgani Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev tomonidan jiddiy tanqid qilinmoqda. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev 13 aprelь kuni Sirdaryo viloyati Sayhunobod tumanida viloyat faollari ishtirokida o'tkazilgan videoselektor yig'ilishida ko'cha supurishga majbur bo'layotgan o'qituvchilar va prezident uchun hozirlanayotgan ko'zbo'yamachiliklar haqida gapirib o'tdi. Bu haqda «Kun.uz» xabar bermoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev joylarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, yirik loyihalar bilan yaqindan tanishish, xalq bilan muloqot qilish maqsadida 13 aprelь kuni Sirdaryo viloyatida bo'ldi. 

Prezident Shavkat Mirziyoev Guliston shahrining Toshkent ko'chasida amalga oshirilgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Pages