USD = 8188.33 (+1.38) SUM   EUR = 10057.73 (-139.12) SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Siyosat

Turkmaniston xalqi va hukumati nomidan hamda shaxsan o'z nomimdan Turkmaniston va O'zbekiston Respublikasi o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatilganining 25 yilligi munosabati bilan Siz va butun qardosh O'zbekiston xalqini samimiy tabriklash va ezgu tilaklarimni yo'llash men uchun ulkan sharaf. 

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 5-yanvar kuni Toshkent viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar, bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi. 

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 5 yanvarь kuni o'tgan navbatdagi majlisida deputatlar jamiyat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni yanada chuqurlashtirishga, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga qaratilgan qator qonun loyihalarini ko'rib chiqdilar. 

Prezidentimiz tumandagi sobiq «Kanop» zavodi hududida bo'lib, qishloq xo'jaligi texnikalari va agregatlarini ko'zdan kechirdi, agrar sohani rivojlantirish loyihalari bilan tanishdi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yil 5-yanvar kuni Toshkent viloyatining Zangiota tumaniga tashrif buyurdi. Bu haqda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Matbuot xizmati xabar qildi. 

2018 yil 1 yanvarь kuni O'zbekiston Respublikasi va Chexiya Respublikasi o'rtasida diplomatik munosabatlar o'rnatilganiga 25 yil to'ldi. Ikki davlat rahbarlari O'zbekiston – Chexiya hamkorligi tarixidagi ushbu sana munosabati bilan bir-birlarini qutladilar. 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida O'zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi fraktsiyasining tashabbusiga binoan adliya vazirining «Qabul qilinayotgan qonunlarning va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mohiyati va ahamiyatini aholiga etkazish, qabul qilinayotgan qarorlarning qonuniyligini ta`minlash to'g'risida»gi axboroti eshitildi. Tadbir 2017 yil 12 iyulь kuni deputatlar, senatorlar va siyosiy partiyalar vakillari bilan uchrashuv chog'ida Prezident tomonidan belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkil etildi, deb xabar beradi O'zbekiston Respublikasi  Qonunchilik palatasining Axborot xizmati.. 

Yaponiyaning «The Nikkei» nashri O'zbekistonning qo'shni davlatlar bilan aloqalarining mustahkamlanishi Markaziy Osiyoning ko'rinishini o'zgartirishi va mintaqaning xalqaro maydondagi ta`sirini oshirishi mumkinligini ta`kidlamoqda. Ushbu mavzudagi maqolada Prezident Shavkat Mirziyoevning Samarqand shahrida bo'lib o'tgan xalqaro anjumanda Markaziy Osiyo davlatlari orasida oliy darajadagi uchrashuvlarni muntazam o'tkazib borish bo'yicha bergan taklifi mamlakatning bunday hamkorlikda etakchi rolь o'ynashga intilayotganini ko'rsatadi va jiddiy diplomatik o'zgarishlarga olib kelishi ta`kidlanadi.

Rossiyaning «Nezavisimaya gazeta» nashri O'zbekistonga Shavkat Mirziyoev rahbarlik qila boshlaganiga bir yil to'lganini qayd qildi. Shubhasiz, bir yil – muayayn xulosalar chiqarish uchun qisqa muddat, ammo bu namoyon bo'lishga ulgurgan tendentsiyalarni sezish, ularning ijobiy va salbiy ta`sirini baholash uchun etarli muddatdir.

Pages