USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Siyosat

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 13-noyabr kuni geologiya-qidiruv ishlari samaradorligini oshirish, mineral-xomashyo va qimmatbaho metallar resurs bazasi hamda ishlab chiqarish hajmini ko‘paytirish bo‘yicha muhim strategik loyihalarni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

2017-yilning 14-17-noyabr kunlari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi hukumat delegatsiyasi Germaniya Federativ Respublikasiga tashrif buyuradi, deb xabar beradi TIV matbuot xizmati.

13-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya Madrid shahrida Ispaniya Qirolligi savdo bo‘yicha davlat kotibi Mariya Luisa Ponsela bilan uchrashdi, deyiladi TIV matbuot xizmati xabarida.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Eronning Karmonshoh va Ilom viloyatlarida kuchli zilzila natijasida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Eron Islom Respublikasi Prezidenti Hasan Ruhoniyga hamdardlik bildirdi.

O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya 12-15-noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan Ispaniyada bo‘ladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Samarqand shahrida o‘tgan “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” mavzusidagi xalqaro konferensiyada so‘zlagan nutqida ushbu taklifni bildirdi.

Qayrat Abdrahmonov, Qozog‘iston Respublikasi tashqi ishlar vaziri:

Nashr qilingan sana: 11 11 2017

– Qozoq xalqida shunday naql bor – yaxshi qo‘shni og‘aynidan afzal. Qozog‘iston Respublikasi Markaziy Osiyo davlatlari bilan ana shunday tamoyil asosida hamkorlik aloqalarni yo‘lga qo‘ygan va bundan manfaatdor. Biz kelgusida ham qo‘shni mamlakatlar bilan ikki tomonlama va xalqaro tashkilotlar doirasida ko‘p tomonlama hamkorlikni izchil rivojlantirish tarafdorimiz. Keyingi paytda bu borada O‘zbekiston va Qozog‘iston Prezidentlarining muhim kelishuvlarga erishganlarini alohida ta’kidlashni istardim. 

Uzbek

Federika Mogerini, Yevropa ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, Yevrokomissiya vitse-prezidenti:

Nashr qilingan sana: 11 11 2017

– Sharq va G‘arbni bir-biri bilan bog‘lashda Markaziy Osiyo mintaqasi muhim ahamiyatga ega. Mazkur mintaqadagi davlatlar bugungi kunda Yevropa ittifoqi mamlakatlari bilan barcha sohalarda hamkorlik qilib kelmoqda. Shu bilan birga, bugungi shiddatkor zamon ushbu aloqalarni yanada rivojlantirishni taqozo etmoqda. Bu, avvalo, Yevropa ittifoqi bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, mintaqa davlatlari iqtisodiyotini rivojlantirish, ta’lim, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlashda namoyon bo‘ladi.

Uzbek

Samarqand shahrida 10-noyabr kuni BMT shafeligida "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik" mavzusida xalqaro konferensiya boshlandi. Uning birinchi kunidanoq amaliy o‘zaro hamkorlik masalalari haqida so‘z bordi.

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida 10-noyabr kuni BMT shafeligida "Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik" mavzusida xalqaro konferensiyaga tashrif buyurgan mehmonlar bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazdi.

Pages