USD = 8069.29 SUM   EUR = 9403.14 SUM
Toshkent
Booked.net - Hotel reservations
+28°C

Yevropa Ittifoqi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyuradi

Nashr qilingan sana: 08 11 2017

Joriy yilning 9-noyabr kuni O‘zbekistonga Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili Frederika Mogerini boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyuradi, deyiladi TIV matbuot xizmati xabarida.

Delegatsiya tarkibiga Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot bo‘yicha Yevropa komissari Neven Mimitsa va boshqa rasmiy shaxslar kiradi.

Yevropa Ittifoqining yuqori mansabdor vakillarini O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabul qilishi rejalashtirilgan.

Tashrif dasturiga ko‘ra YI delegatsiyasi Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan “Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo” mintaqalararo vazirlar uchrashuvida va “Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik” muvzusidagi xalqaro konferensiyada ishtirok etadi.

Ko'rishlar soni

111